
Osakadagi “Expo 2025” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioniga ochilishidan buyon 100 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurdi. Biz uchun O‘zbekiston pavilionida bu qadar ko‘p sonli mehmonlarni qabul qilish katta sharaf. Chin dildan umid qilamizki, har bir kishining tashrifi yorqin taassurotlarga boy bo‘lib, O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
“Expo 2025 Osaka” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioni “Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi” immersiv ko‘rgazmasini taqdim etadi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan va ko‘plab mukofotlar bilan taqdirlangan “ATELIER BRÜCKNER” tomonidan loyihalashtirilgan pavilion va uning ko‘rgazmasi bu yilgi “Ekspo”ning “Hayotimiz uchun kelajak jamiyatlarini loyihalash” nomli umumiy mavzusini aks ettiradi. O‘zbekiston va Yaponiyada yog‘och o‘ymakorligi va ibodatxonalar qurish kabi uzoq yillik mushtarak badiiy an’analarning mavjudligi bois ushbu pavilion ikki mamlakat o‘rtasida mazmunli madaniy muloqotga hissa qo‘shadi.
Pavilionda chuqur badiiy an’analar, jumladan, yog‘och o‘ymakorligi va ibodatxona me’morchiligi bilan birlashgan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy muloqotga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu muloqot ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro anglashuv uchun yangi istiqbollarni ochadi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva:
"Ushbu loyiha menga juda qadrli, chunki konsepsiyani ishlab chiqishning dastlabki bosqichlaridanoq unda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldim. O‘shanda men O‘zbekistonda kechayotgan chuqur jarayonlarni — innovatsiyalar va an’analar o‘rtasidagi uyg‘unlikni, kelajakka intilish va abadiy qadriyatlarga hurmatni aks ettiruvchi makon yaratish g‘oyasini taklif qilgandim. Ilhom manbai sifatida Xivada joylashgan 213 ta noyob ustunli jome masjidi hamda Buxoroning lojuvard koshinlari tanlandi. Aynan shular pavilonning me’moriy va mazmuniy asosini tashkil etdi. Pavilion jamiyatimiz kabi madaniyatlar, tillar va tarixiy voqealar xilma-xilligidir. O‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib, dunyo O‘zbekistonning bugunini chuqurroq anglashiga xizmat qiladi."
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi va pavilion komissari Gayane Umerova: “Bugun Osaka shahriga qaytib, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi nomidan sizlarni bu yerda olqishlash men uchun katta sharafdir”, deya ta’kidladi.
Atigi bir oy ichida O‘zbekiston pavilioni shunchaki ko‘rgazma maydoni emas, balki tafakkur va qalblar uchrashadigan yorqin maskanga aylandi. 100,000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar yurtimizning ruhi — uning fayzi, shijoati va ta’lim va tarbiyaga nisbatan chuqur ildizlarga ega mehridan bahramand bo‘lgan holda allaqachon bizning “Bilimlar bog‘i”mizni tadqiq etib ulgurdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari tomonidan muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilib, 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish yili”, deb bayon etilgan istiqbolli qarash hozirgi jahon manzarasida kuchli aks-sado bermoqda”.