Hikoyalar

Osaka EXPO-2025’dagi milliy pavilionda O‘zbekistondagi zamonaviy innovatsiyalarning akslanishi

Osaka EXPO-2025’dagi milliy pavilionda O‘zbekistondagi zamonaviy innovatsiyalarning akslanishi

2025-yil Osakadagi “Hayotimiz uchun kelajak jamiyatni loyihalash” shiori ostida o‘tayotgan Expo-2025’da O‘zbekiston “Bilim bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi” pavilioni orqali o‘zining barqaror rivojlanish va texnologik yangilanish dasturini namoyish qilmoqda. 
“Ushbu loyiha menga juda qadrli, chunki konsepsiyani ishlab chiqishning dastlabki bosqichlaridanoq unda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘ldim. O‘shanda men O‘zbekistonda kechayotgan chuqur jarayonlarni — innovatsiyalar va an’analar o‘rtasidagi uyg‘unlikni, kelajakka intilish va abadiy qadriyatlarga hurmatni aks ettiruvchi makon yaratish g‘oyasini taklif qilgandim.
Pavilon jamiyatimiz kabi madaniyatlar, tillar va tarixiy voqealar xilma-xilligidir. O‘tmish va kelajakni bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib, dunyo O‘zbekistonning bugunini chuqurroq anglashiga xizmat qiladi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
360 darajali multimedia qurilmasi orqali tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston bo‘ylab sayrga taklif etilib, ta’lim, yashil energiya, zamonaviy texnologiya kabi ko‘plab sohalardagi ijobiy sa’y harakatlar va yutuqlarni ko‘rsatilmoqda.

Arxitektura va material
Pavilion ilhom manbasi Xivadagi Juma masjidining o‘yma-ustunli zallari va Buxorodagi Poyi Kalon majmuasining g‘isht-gil an’anasidir. Pavilion poydevorida qayta ishlangan g‘ishtdan qurilgan, ustunlari esa Osakadagi kedr yog‘ochi ishlangan. Ushbu modulli tizim yarmarkadan so‘ng O‘zbekistonga ko‘chirilib, ta’lim markaziga aylantirilishi rejalangan.

Ekologik va ijtimoiy g‘oya
Arxitekturadagi “bog‘–o‘rmon–skulptura” uchligi milliy uchburchak tumor shaklida bo‘lib, u o‘sish jarayonini metaforik tasvirlaydi: zamin – “ilm urug‘i”, ko‘tariluvchi platforma – o‘sish, tom bog‘i – “meva” fazasi. Ushbu o‘ziga xos yondashuvi va yog‘och konstruksiyasi uchun O‘zbekiston pavilioni “German Design Award-2025” mukofotining “A’lo me’morchilik – yarmarka va ko‘rgazmalar” nominatsiyasida oltin mukofot bilan taqdirlandi.

Innovatsiyalarni ifodalash
Ichki ekspozitsiya “Seeds of Future” (“Kelajak urug‘lari”) multimedia panellari orqali OneID raqamli hujjati, IT Park startaplari, yashil vodorod va shamol loyihalarini interaktiv tarzda ko‘rsatadi; tashrif buyuruvchi ko‘tariluvchi 360 darajali platformada energiya va raqamli iqtisodiyotni tajriba sifatida his etadi⁠—ijtimoiy innovatsiya ham, texnik yangilik ham bitta narrativga birlashadi.

Raqamli transformatsiya
2025-yil 1-iyulidan boshlab ichki aviaqatnovlarda plastik ID va pasport o‘rniga “my.gov.uz” yoki “Social Card” ilovasidagi elektron ID yetarli bo‘ldi⁠ — raqamli hujjat endi aeroport, bank va notarial idoralarda ham amal qilmoqda.
Raqamli davlat boshqaruvidagi bu qadamlarni Jahon bankining GovTech Maturity Indexi ham tasdiqladi: O‘zbekiston 2022-yilda 37 pog‘onaga ko‘tarilib, 198 davlat ichida 43-o‘ringa va “A” toifasiga chiqdi.

Yashil energetika
O‘zbekiston shamol va quyoshdan foydalangan holda katta qadamlar tashlamoqda. Buxorodagi ikkita shamol elektr stansiyasi rejadagidan oldin ishga tushdi. Ular yiliga 3 teravatt-soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqaradi — bu minglab qishloqlarni bir yil mobaynida elektr bilan ta’minlashga yetadi. Eng muhimi, turbinaning aylanishi tufayli havoga chiqadigan zararli gaz miqdori har yili 2 million tonnaga kamayadi.

Chirchiq va G‘ijduvondagi “yashil vodorod” zavodidan esa shamol va suv kuchi yordamida yiliga 3 000 tonna vodorod olinadi. Bu toza yoqilg‘i metro va elektrobuslar uchun ayni muddao.

Texnologiya faqat yirik korporatsiyalar qo‘lida emas. Navro‘z Hackathon-2025 da yuzdan ortiq talaba atigi uch kecha-kunduzda qirqdan ortiq “yashil” loyihani ishlab chiqdi. Demak, iqtisodiyotimizni toza va barqaror yo‘lga o‘tkazish ishida yoshlar ham oldingi safda.

Investitsion muhit
9–12-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV Tashkent Xalqaro Investitsiya Forumi - 2025’da 30,5 mlrd. dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi. 97 mamlakatdan 8 000 dan ortiq ishtirokchilar keldi, 150dan ortiq spikerlar qatnashdi.

O‘zbekistonning raqamlashtirish, startap ekotizimi va yashil energetika bo‘yicha erishgan yutuqlari Expo-2025 pavilionida ham o‘z aksini topgan. “Bilim bog‘i” milliy innovatsiyalarni global auditoriyaga ifodali va barqaror uslubda taqdim etib, mamlakatning “Digital Uzbekistan 2030” va yashil iqtisod sohasidagi yo‘l xaritasini amalda namoyon qilmoqda.