
“EXPO 2025” butunjahon ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioniga “EXPO 2025” vaziri Yoshitaka Ito tashrif buyurdi.
Mehmon uchun ekspozitsiya bo‘ylab maxsus sayr uyushtirildi. Vazirning ta’kidlashicha, pavilion bilan tanishish unga o‘zbek xalqining boy madaniyati va qadimiy tarixi haqida ko‘p narsalar haqida bilib olish imkonini berdi.
Yoshitaka Ito O‘zbekiston hukumatining qayta tiklanadigan energiya manbalarini, ayniqsa quyosh va shamol energiyasini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u pavilionni Nukusda ta’lim markazi sifatida qayta tiklash rejalarini yuqori baholadi, bu esa mamlakatning barqaror rivojlanishga intilishini o‘zida aks ettiradi.
Tashrif yakunida Yo. Ito faxriy mehmonlar kitobiga iliq so‘zlar yozib qoldirib, ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga rag‘batlantirish istagini bildirdi.