2025.09.18
Osaka prefekturasi gubernatori EXPO-2025 ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioniga tashrif buyurdi
Osaka prefekturasi gubernatori EXPO-2025 ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioniga tashrif buyurdi

“EXPO 2025”dagi O‘zbekiston pavilioniga Osaka prefekturasi gubernatori Hirofumi Yoshimura tashrif buyurdi.

Tashrif davomida u uchun ko‘rgazmamiz ashyo va buyumlari bo‘ylab sayr tashkil etildi. Gubernatorning ta’kidlashicha, pavilion O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini tatbiq etishga bo‘lgan intilishlarini o‘zida yaqqol mujassam etadi. Hirofumi Yoshimura pavilionga tashrif buyurganidan so‘ng O‘zbekiston, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlarga shaxsan borib, ko‘rish istagi oshganini ta’kidladi.

U ayvon qurilishida ishlatilgan yapon qarag‘ayi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi chambarchas do‘stlik rishtalarining timsoli ekani hamda ularni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shajagini qayd etdi.