2025.07.04
EKSPO-2025 ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilyoniga Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Hokim Xoliqzoda tashrif buyurdi.

Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Hokim Xoliqzoda Osakada bo‘lib o‘tayotgan EKSPO 2025 ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioniga tashrif buyurdi.
Mehmon uchun ekskursiya tashkil etilib, pavilion konsepsiyasi haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekistonda innovatsiyalar va an’analar uyg‘unligini aks ettiruvchi makonni yaratish g‘oyasi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga tegishli ekanligiga e’tibor qaratildi.
Ayniqsa, mamlakatning o‘zgarish bosqichlarini namoyish etuvchi harakatlanuvchi platforma, shuningdek, Xivadagi Juma masjidi va tumor shaklidan ilhomlangan ayvonning o‘ziga xos dizayni janob Xoliqzodada alohida taassurot qoldirdi.