2025.10.13
EXPO 2025: "Bilimlar bog‘i" pavilioni oltin mukofot bilan taqdirlandi
EXPO 2025: "Bilimlar bog‘i" pavilioni oltin mukofot bilan taqdirlandi

Butunjahon “EXPO 2025” Osaka Kansai ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilioni “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasi bo‘yicha Xalqaro ko‘rgazmalar byurosining oltin mukofotiga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yaratilgan “Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati uchun laboratoriya” pavilioni konsepsiyasi ko‘rgazmaning asosiy mavzusiga mos o‘ziga xosligi, teran mazmuni va zamonaviy istiqboli uchun xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan yuksak bahoga loyiq topildi.

Ushbu nufuzli mukofot O‘zbekistonning milliy madaniyat, innovatsiyalar va barqaror rivojlanishni jahon miqyosida namoyish etishga bo‘lgan betakror yondashuvining tasdig‘i, shuningdek, mamlakatning global kreativ iqtisodiyotdagi rolini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ldi.