2025.07.24
Yaponiya pavilyoni direktori "Expo-2025 Osaka" ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilyoniga tashrif buyurdi

Yaponiya pavilionining direktori Noriyuki Kuroda Osakadagi “EKSPO 2025” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioniga tashrif buyurdi.
Faxriy mehmon uchun namoyishga qo‘yilgan ashyo va buyumlar bo‘ylab sayr uyushtirildi. U pavilionning kreativ g‘oyasi, me’morchiligi va O‘zbekistonning madaniy boyligiga urg‘u beruvchi mazmunli ekspozitsiyasini yuqori baholadi. Noriyuki Kurodaning so‘zlariga ko‘ra, pavilion tashrif buyuruvchilarga mamlakatimiz haqida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi.
Harakatlanuvchi platforma, maftunkor me’morchilikka ega “Bilimlar bog‘i” ayvoni hamda yog‘och ustunlarning kelib chiqishi tarixidan hikoya qiluvchi yaqin masofa aloqasi (NFC) uskunalaridan foydalanish imkoniyati unda katta taassurot qoldirdi.