2025.01.22
U urug‘ni qadashdan boshlanib, so‘ngra “Bilimlar bog‘i”da gullab-yashnaydi.
U urug‘ni qadashdan boshlanib, so‘ngra “Bilimlar bog‘i”da gullab-yashnaydi.

“O‘zbekiston” pavilioni, bu “Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi” mavzusidan ilhomlangan xalq madaniy merosining boy qatlamlari bo‘ylab sayohatdir. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining dizayn bo‘yicha mukofotlar bilan taqdirlangan “Atelier Brükner” bilan hamkorlikda ro‘yobga chiqargan pavilioni hayot bosqichlari bo‘lmish insonlar va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikning fazoviy ifodasini aks ettiradi.

Asrlar davomida O‘zbekiston bog‘-rog‘lari jannatmakon go‘zallikka to‘la madaniy almashinuvlar, intellektual fikr-mulohazalar, insoniy aloqalar va gap-gashtak yig‘ilishlari uchun jozibador ijod markazlar xizmatini bajargan asosiy hordiq chiqarish makonlari bo‘lib kelgan. G‘isht, loy va Osakani o‘rab turgan tog‘lardagi sugi kedr yog‘ochining qorishmasidan bunyod etilgan pavilion O‘zbekiston bog‘lari va me’moriy merosining yangicha zamonaviy tasavvur etilishidir. U ikki qavatni egallab, uchburchak to‘riga joylashtirilgan bo‘lib, qadimiy Markaziy Osiyo tumorining shaklini takrorlaydi. Sayohat ko‘z o‘ngimizda hunarmandchilik, texnologiya, ashyolar, barqarorlik, fan, me’morchilik, tarix va ijodkorlikni tadqiq etgan holda O‘zbekistonning qadimiy an’analaridan tortib zamonaviy innovatsiyalarigacha bo‘lgan DNK qatlamlarini sinchkovlik bilan ochib beradi.

Tuproq, urug‘ va ildizlar qa’ridan to gullab-yashnayotgan o‘rmonlar cho‘qqilari, osmon ostidagi gullar va meva-chevalar “Bilimlar bog‘i”miz go‘zalligi va hikmati bilan avj nuqtasiga chiquvchi O‘zbekistonning qoq yuragi bo‘ylab hayotbaxsh sayohatga ravona bo‘ladi.