2025.04.10
Expo-2025 Osaka” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioni meros hunarmandchiligi va mamlakatning barqaror kelejagini hayotga tatbiq etadi
Expo-2025 Osaka” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioni meros hunarmandchiligi va mamlakatning barqaror kelejagini hayotga tatbiq etadi

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan va ko‘plab mukofotlar bilan taqdirlangan “ATELIER BRÜCKNER” tomonidan loyihalashtirilgan pavilion va uning ko‘rgazmasi bu yilgi ko‘rgazmaning “Hayotimiz uchun kelajak jamiyatlarini loyihalash” nomli umumiy mavzuni aks ettiradi – O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida yog‘och o‘ymakorligi va ibodatxonalar qurish kabi uzoq yillik san’at an’analari mavjudligi bois pavilion ikki mamlakat o‘rtasida mazmunli madaniy muloqotni rag‘batlantiradilar.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Expo-2025 Osaka” ko‘rgazmasida “Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi”  nomli O‘zbekiston pavilioni mavzusini e’lon qiladi. Bu yilgi ko‘rgazmaning umumiy mavzusi – hayotimiz uchun kelajak jamiyatlarini loyihalashga hamohang tarzda xalqaro miqyosda mashhur “ATELIER BRÜCKNER” tomonidan loyihalashtirilib, ishlab chiqilgan pavilion O‘zbekistonning madaniy merosi, innovatsiyalari va barqarorlikka sodiqligini tarannum etadi.

Ko‘rgazma pavilionida O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasi va YUNESKOning rivojlanish maqsadlariga muvofiq ta’lim, madaniyat, innovatsiyalar va toza energiya sohalaridagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi asosiy loyihalar namoyish etilmoqda. 1-qavatda mehmonlar qayta tiklanadigan energiya tashabbuslari, shamol elektr stansiyalari va barqaror transportni namoyish etuvchi ko‘rgazmalar orqali YUNESKO Barqaror rivojlanish maqsadlarining 7-(Kamxarj va toza energiya) yo‘nalishiga muvofiq O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishini ta’kidlovchi jo‘shqin media qurilmalarini o‘rganishlari mumkin. Sanoatni rivojlantirish yo‘nalishi O‘zbekistonning 9-Barqaror rivojlanish maqsadlari (sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma)ga sodiqligini, xususan, Yaponiya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Orolbo‘yi havzasini tiklash tashabbusi orqali namoyish etadi, bu esa qishloq xo‘jaligining innovatsion usullari tarixan vayron bo‘lgan mintaqani qanday tiklayotganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, pavilionning madaniy rivojlanish bo‘limida mamlakatning Barqaror rivojlanish maqsadlaridagi 4 (Sifatli ta’lim)ni ilgari surishi xalqaro “Homo Faber” loyihasi bilan namoyish etiladi, bu tabiiy materiallar bilan barqaror ishlaydigan usta hunarmandlar, yosh ijodkorlar va dizaynerlar o‘rtasida global hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan hunarmandchilik mahoratining tantanasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: “Bugun O‘zbekiston boy merosimiz ertangi kunning cheksiz imkoniyatlari bilan yuzlanadigan kelajak sari dadil nigohni o‘zida mujassam etgan tarixiy chorrahada turibdi. Mamlakatimiz keng qamrovli islohotlar strategiyasi asosida barqaror rivojlanish, “yashil” energetika, raqamlashtirish va sunʼiy idrok masalalariga ustuvor ahamiyat qaratib, ishonch bilan olg‘a bormoqda. Ushbu o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchi xalqimizning g‘ayrat-shijoati, intilishlari va bilimga bo‘lgan tashnaligidir. EKSPO-2025 Osaka ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston milliy pavilioni ana shu ezgu yo‘lni aks ettirib, yutuqlarimiz va xalqimizning innovatsion ruhini namoyon etadi. Bu O‘zbekistonning taraqqiyot va umumjahon hamkorlikka sodiqligi ramzidir.

Daraxtlar ostida to‘planish g‘oyasidan ilhomlangan pavilionning me’moriy kosepsiyasi Ipak yo‘li bo‘ylab qadimiy karvonsaroylarni eslatadi: bu joylar tarixan musofir sayohatchilar va tijoratchi savdogarlar uchun boshpana vazifasini o‘tagan. Himoya, ta’lim va bilim almashinuvining an’anaviy tamoyillarini yangicha talqin qilish orqali pavilion hozirgi zamon va barqaror “Bilimlar bog‘i”ga aylanadi. U “Expo-2025 Osaka” ko‘rgazmasining g‘arbiy kirish darvozasi yaqinida joylashgan bo‘lib, mehmonlar qadam ranjida qilishlari bilanoq O‘zbekistonning boy merosi va zamonaviy innovatsiyalari bilan tanishadigan ochiq va jozibador makon sifatida loyihalashtirilgan.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi, pavilion tashabbuskori Gayane Umerova: “Ekspo-2025 Osaka” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioni nafaqat me’moriy yodgorlik, balki xalqimizning innovatsiyalar, barqarorlik va umumjahon hamkorlikka sodiqligining kuchli ifodasidir. Madaniy merosimizga chuqur ildizlari borib taqaladigan va kelajak sari sinchkov diqqat-e’tibor qaratgan pavilion muloqot, bilim almashinuvi va ijodiy hamkorlik uchun jo‘shqin platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston azaldan madaniy almashinuvning mustahkamligiga ishonib kelgan, Yaponiya bilan uzoq muddatli do‘stligimiz ham shundan dalolat beradi. “Ekspo-2025 Osaka” ko‘rgazmasida ishtirok etar ekanmiz, faxr bilan yanada mustahkam jahon miqyosidagi rishtalarni o‘rnatishga tayyorligimizni yana bir karra tasdiqlaymiz. Birgalikda biz yanada barqaror, o‘zaro uzviy bog‘liq dunyo uchun barqaror yechimlarga ilhomlantiradigan mazmunli muloqotlarni olib boramiz”.

Ko‘rgazmaning diqqatga sazovor joyi yuqoriga ko‘tariluvchi platforma ichidagi 360 darajali multimediali sayohatidir. 3 daqiqadan sal ko‘proq vaqt ichida proyeksiyalar va ovozli manzaralar mehmonlarni O‘zbekistonda kuzatilayotgan evrilishlarga beixtiyor sho‘ng‘itib, ularni yuqoridagi “Bilimlar bog‘i”ga tashrif buyurishga hozirlaydi. Innovatsion dizayni va maqsadi bilan betakror bo‘lgan mazkur harakatlanuvchi platforma Yaponiyada o‘xshashida benazir ilk namuna bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga misli ko‘rilmagan sayohatni taklif etadi.

 

 

“Expo-2025 Osaka” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioni, “Bilimlar bog‘i” qavati. © “ATELIER BRÜCKNER” tomonidan taqdim etilgan. © Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi. 

 

Tomoshabinlar “Bilimlar bog‘i” tomidagi ochiq ayvonga ko‘tarilar ekanlar, Xivadagi tarixiy Juma masjidiga me’moriy ehtirom timsoli bo‘lgan nozik did bilan bunyod etilgan yog‘och ustunlardan iborat sokin o‘rmonga tushib qoladilar. Pavilionning barqarorlik va ashyolarning shaffofligiga sodiq ekanligiga urg‘u bergan holda ustunlar tomoshabinlarga pavilion qurilishida ishlatilgan yog‘ochning kelib chiqishi Yaponiga borib taqalishini kuzatish imkonini beruvchi yaqin masofa aloqasi (NFC) belgilari bilan jihozlangan.

“Atelier Brückner” studiyasining ta’sischi hamkori va boshqaruvchi direktori Shirin Frangul-Brukner: “Biz O‘zbekistonning o‘zligini qiziquvchanlik, aloqa va mushtarak kelajakni ilhomlantiradigan makonga aylantirganimizdan chuqur g‘ururlanamiz. O‘zbekiston pavilion, shunchaki inshoot emas, balki taraqqiyotning favqulodda salohiyatiga ega bo‘lgan millatning qudratli ramzidir. Ildizlari boy madaniy va me’moriy merosga borib taqaluvchi, o‘zgarishlar jarayonidagi an’analar haqida hikoya qiladi. Ushbu pavilion bilan biz almashinuvlar, ilg‘or peshqadamlik va barqarorlik ruhini tantana qilamiz. Tarixiy shakl va ashyolar ham vaqt sarhadlari bilan cheklanmagan, ham kelajak sari yuzlangan tajriba kechinmalarini yaratish maqsadida hozirgi zamon dizayni orqali qayta tasavvur qilingan. Ushbu g‘oyani Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda amalga oshirish chinakamiga sharaf bo‘ldi”.

Yaponiyada tavallud topgan livanlik Nada Debs tomonidan o‘zbek hunarmandlari bilan hamkorlikda loyihalashtirilgan qo‘lda yasalgan sopol taburetkalar an’anaviy o‘zbek hunarmandchiligidan ilhomlangan. Debs, shuningdek, pavilionning VIP xonasining mebeli va dizayniga hissa qo‘shgan. O‘zbekistonlik kulol Abdulvohid Buxoriy Karimov pavilion do‘konining poli, devorlari va shifti uchun o‘ziga xos feruza rangli 11,000 dan ortiq an’anaviy Buxoro koshinlarini yaratdi. Pavilion dizayni va ichki bezagiga hissa qo‘shgan boshqa o‘zbekistonlik rassomlar so‘zanachi Madina Kasimbayeva va kulol Alisher Nazirovdir.

Dizayner Nada Debs: “Yaponiyada ulg‘ayib, Ipak yo‘li merosidan chuqur ta’sirlangan ushbu loyiha mening qalbimda alohida o‘rin tutadi. Arab mintaqasida istiqomat qiluvchi dizayner sifatida mening faoliyatim aksariyat hollarda madaniy ta’sirlar va hunarmandchilik bilimlari almashinuvi atrofida kechadi. O‘zbekiston pavilionining VIP xonasi va sopol taburetkalarimizning dizayni nafaqat an’anaviy hunarmandchilikning yangi talqinini, balki O‘zbekiston uchun yangi obyektlar va g‘oyalarni yaratish uchun chegaralarni kengaytiradigan madaniyatlar o‘rtasidagi yorqin muloqotni ifodalaydi. Men ushbu madaniy almashinuvga hissa qo‘shganimdan va yangi merosni yaratishning bir qismi bo‘lganimdan cheksiz faxrlanaman”.

 

“Expo-2025 Osaka” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioni. © “ATELIER BRÜCKNER” fotosurati. © Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi. 

 

Kulol Abdulvohid Buxoriy Karimov: “Ushbu loyihaning ishtirokchisi bo‘lganimdan qalbim iftixorga to‘ldi. 1992-yildan beri an’anaviy Buxoro kulochilik maktabiga xos sir sopolini qayta yaratishni orzu qilib kelaman va Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda YUNESKO ko‘magida 2006-yilda o‘z studiyamga asos solishga muvaffaq bo‘ldim. Keyin men hurmatga loyiq kulollarimizning ko‘p asrlik gil tarkiblarini qayta tiklay oldim va ularning merosini o‘z faoliyatimda tarannum etishda davom etmoqdaman”.

Jamoatchilik e’tiboriga 2025-yilning 13-aprelida havola etilib, ochiladigan O‘zbekiston pavilioni 6 oy davom etadigan “Expo 2025 Osaka” ko‘rgazmasi doirasida madaniy tadbirlar, munozaralar va jonli ijro namoyishlaridan iborat jozibador dasturni taklif etadi. May oyida pavilionda “EKSPO” zalida O‘zbekiston milliy simfonik orkestrining “Rihter Trio”si ishtirokidagi konserti bilan maxsus tadbir bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari tashrif buyuruvchilar mavzuga oid haftaliklar va “Cartier” xotin-qizlar pavilioni doirasida barqarorlik, biologik xilma-xillik va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan sessiyalaridan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni nishonlanishiga guvoh bo‘lamiz. Jamoatchilik dasturi haqida batafsil ma’lumot qo‘shimcha e’lon qilinadi.

Meros qadriyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan pavilonning modulli qismlari “Expo-2025 Osaka” ko‘rgazmasi tugagach qismlarga bo‘linib, O‘zbekistonda qayta quriladi, natijada u studiya, ijod ustaxonasi yoxud ta’lim maskanining noyob buyumiga aylanadi. 

“EKSPO-2025” ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston pavilioni 2025-yil 13-apreldan 13-oktabrgacha Yaponiyaning Osaka shahridagi Yumeshima orolida o‘z faoliyatini boshlaydi.