2025.04.24
O‘zbekiston pavilionining rasmiy bayonoti
O‘zbekiston pavilionining rasmiy bayonoti

O‘zbekiston pavilioni oldindan ro‘yxatdan o‘tgan tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan QR-kodlarni shakllantirish va tarqatish jarayonida yuzaga kelgan texnik muammo haqida jamoatchilikni xabardor qilishni istaydi.

Oldindan ro‘yxatdan o‘tishning kutilmagan va sezilarli darajada ortib ketishi – 2 soatdan kamroq vaqt ichida 10 000 dan ortiq ro‘yxatdan o‘tishlar tufayli ayrim shaxslar bitta elektron pochta xabarida bir nechta QR kodlarini olganlar. Ushbu nome’yoriy holat chalkashliklarni keltirib chiqarib, shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi uchun salohiyatli xatar tug‘dirgan.

Hodisa haqida O‘zbekistonning Osaka shahridagi pavilion jamoasiga Japoniya standart vaqti bo‘yicha soat 10:00 da xabar berilgan va ular darhol O‘zbekistonning Toshkent shahridagi Axborot texnologiyalari bo‘limiga mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da xabar berishgan.

Ehtiyot chorasi sifatida O‘zbekiston pavilioni muammo aniqlangandan so‘ng ikki soat davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tish tizimi faoliyatini to‘xtatgan. Holat yuzasidan zudlik bilan majmuaviy surishtiruv ishlari boshlanib, avval berilgan barcha QR-kodlar foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida zudlik bilan faolsizlantirilgan. Hozirda faolsizlantirilgan kodlarning hech birida shaxsiy ma’lumotlar mavjud emas. QR-kodlarda ko‘rsatilgan asosiy ma’lumotlar (foydalanuvchilarning ismi, sharifi, elektron pochta manzili) darhol tizimdan o‘chirib tashlandi, shu bois uchinchi tomon tarafidan bunday ma’lumotlarni saqlash imkonsiz bo‘ldi.

O‘zbekiston pavilioni rahbariyati boshqa ro‘yxatdan o‘tganlarga taalluqli ma’lumotlardan beixtiyor voqif bo‘lib qolgan barcha shaxslardan chin dildan uzr so‘raydi. Biz barcha manfaatdor tomonlarni ishontirib aytmoqchimizki, oshkor etilgan ma’lumotlar mazmunan eng misqol va ko‘lami cheklangan.

Surishtiruvlar davom etar ekan, onlayn ro‘yxatdan o‘tish portali vaqtincha tarmoqdan o‘chirilgan holatda qoladi. Bizning hozirgi taxminlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu texnik nosozlik 200 dan kam kishiga ta’sir etgan bo‘lishi mumkin. Ushbu insonlarning har birlari bilan bevosita jamoamiz bog‘lanadi.

Shu bilan bir qatorda bizning Axborot texnologiyalari bo‘limimiz bunday hodisa takrorlanmasligini ta’minlash uchun ro‘yxatga olish tizimini puxta takomillashtirmoqda. Hozircha biz O‘zbekiston pavilioniga oldindan ro‘yxatdan o‘tmasdan shaxsan tashrif buyurish istagida bo‘lgan barcha mehmonlarni iliq olqishlaymiz.

O‘zbekiston pavilioni keltirilgan noqulayliklardan chuqur taassufda ekanligini bildirib, “Expo 2025 Osaka” tashkilotchilari hamda ushbu muammo daxl qilgan barcha shaxslardan ma’zur tutishlarini so‘raydi.

Tezkor javob berish va to‘liq shaffoflikni saqlash maqsadida, ushbu muammoga duch kelgan har qanday shaxsni bevosita support@expo2025uzbekistan.uz elektron manziliga murojaat qilishga chaqiramiz. Barcha savollarga 24 soat ichida javob berishga tayyormiz.


Chuqur hurmat va ehtirom bilan,
O‘zbekiston pavilioni